8 Oktyabr 2021 yil 407

"Keksalar haftaligi” dasturi doirasida faxriylarga ehtirom koʼrsatildi

Mamlakatimizda keksa avlod vakllariga hurmat va ehtirom koʼrsatish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvatlash maqsadida bir qator ibratga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichki ishlar organlarida ham bu borada qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Аna shu ishlarning uzviy davomi sifatida “Keksalar haftaligi” dasturi doirasida Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqaga chiqqandan soʼng nogiron boʼlib qolgan, boquvchisini yoʼqotgan bir guruh faxriylar xonadoniga tashrif buyurishdi.
Tadbirda faxriylarga yana bir bor eʼzoz va ehtirom koʼrsatilib, holidan xabar olindi va oziq-ovqathamda kundalik ehtiyoj mahsulotlari topshirildi.

Text to speech