13 Fevral 2024 yil 245

Keksalar o‘giti

Qarshi shahridagi “Yoshlar markazi”da “Keksalar o‘giti” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimi, boshqarma faxriylar kengashi, viloyat IIB boshlig‘i maslahatchisi hamda sohada xizmat qilayotgan yosh xodimlar ishtirok etdi.

Ko‘lami keng tadbirda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov, boshqarma boshlig‘i maslahatchisi, podpolkovnik Zokir Obilov so‘zga chiqib, yosh xodimlarga ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar va kasbiy mahoratini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar  bilan noqonuniy aloqaga kirishmaslik, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflarini bildirishdi.

Tadbir yakunida yoshlarning savollariga faxriylar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Text to speech