“Keksalar haftaligi” davom etmoqda
“Keksalar haftaligi” doirasida Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar organlari rahbariyati va yosh xodimlar hamda faxriylar
kengashi a’zolari Qarshi davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
uyushtirishdi.
Universitet talabalari va
o‘qituvchilari ishtirok etgan tadbirda faxriylarning boy hayotiy va kasbiy
tajribasini o‘rgatish orqali yoshlarni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida
tarbiyalash, yoshlarning faxriylar bilan "Ustoz-shogird an’analari"ga
ko‘ra, xizmat tajribalari, hayot yo‘li
borasida so‘z yuritildi. Jarayonda yoshi ulug‘ faxriylarga e’tibor hamda
g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil
etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini
oshirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ham e’tibor qaratish
lozimligi ta’kidlandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.