29 Dekabr 2021 yil 497

Kechirimlilik xalqimizga xos fazilat


Yaqinda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 dekabr kunidagi “Jazo muddatini oʼtayotgan, qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan IIV JIED 4-mintaqaviy hudud 35-manzil koloniyasida jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʼtayotgan Qashqadaryo viloyatida doimiy roʼyxatda turuvchi 12 nafar shaxslar muddatidan oldin jazodan ozod etilib ozodlikka chiqarildi, 4 nafar shaxslarning jazo muddatlari esa qisqartirildi.
Ozodlikka chiqqan shaxslarning 1 nafari muqaddam “Xizb ut-tahrir” diniy ekstremistik tashkilotiga adashib kirib qolgan, qolgan 11 nafari esa terrorizm va ekstremizm bilan bogʼliq boʼlmagan boshqa jinoyat sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan.
Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslar yashash manziliga kelganidan soʼng sogʼligini tekshirish va salomatligini tiklash maqsadida toʼliq tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib, kerakli tibbiy yordamlar koʼrsatildi. Shuningdek, ularga yangi fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilib berildi hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Muqaddam sudlanganlarni ijtimoiy himoyalash koʼnikma markazi” tomonidan har biriga 1.485.000 soʼmdan moddiy yordam pullari berildi.
Qashqadaryo viloyati IIBda viloyat hokimligi, Oʼzbekiston Respublikasi DXX viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirokida jazodan ozod etilgan shaxslar bilan ochiq muloqot ruhida suhbatlar oʼtkazilib, ularni ijtimoiy, madaniy va maishiy muammolarini tinglanib, hal etish choralari koʼrildi. Аyrimlari esa ishga joylashtirildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech