2 Dekabr 2021 yil 367

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi”


Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, bu boradagi tajriba va malakasini oshirish maqsadida viloyat IIB sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlarida IIVning 2021 yil 9 noyabrь kunidagi farmoyishiga asosan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida jangovar (PM, АKM, SVD va boshqa portlovchi qurilmalarni aniqlovchi uskunalar) qurollarini ishlatish, foydalanish tartibi va bu boradagi koʼnikmalarini boyitish maqsadida oʼquv mashgʼulotlari boʼlib oʼtmoqda. Jumladan, boshqarma Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi mutaxassislari Koson tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida jangovar qurollar koʼrgazmasini tashkil etishdi.
Tadbirda soha mutaxassislari jangovar qurollarning texnik xususiyatlari va ishlatish usullarini shaxsiy tarkibga namoyish etdi. Mashgʼulotlarda tuman ichki ishlar organlari xodimlarining favqulodda holatlar, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, jinoyatlar, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda oʼq otar qurollari va boshqa portlovchi uskunalardan foydalanish va zararsizlantirish usullari va taktik jangovar xususiyatlari ishtirokchilarga tushuntirildi.
Аmaliy mashgʼulotlar asosida tashkil etilgan oʼquv yigʼinida ichki ishlar boʼlimi xodimlarining tajriba va malakasi hamda jangovar qurollarni ishlatish borasidagi mahoratlari oshirildi.

 

Text to speech