16 Dekabr 2024 yil 652

“KASBIM – FAXRIM”

IIV Qashqadaryo akademik litseyida yoshlarni vatanparvarlik, tanlagan kasbiga sadoqat, mardlik singari tuyg‘ularni kuchaytirish ular ongiga “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz” konsepsual g‘oyasini singdirish maqsadida “Kasbim  faxrim” shiori asosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda viloyat IIB faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik S.Islomov, a’zolari, iste’fodagi polkovniklar A.Ibodov, N.Ro‘zimurodov va Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining maslahatchis, iste’fodagi podpolkovnik Z.Obilov, litsey rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilgan olganlar o‘zlarining hayotiy tajribalarini, xizmatning mashaqqatli va sharafli tomonlarini, qiyinchiliklarini va imkoniyatlarini so‘zlab berishdi.
Tadbir so‘ngida litsey o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech