27 May 2022 yil 535

Kasbiliklarning muammolari tinglandi


Kasbi tumanidagi 41-oʼrta maktabda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Xurshid Аtanazarov 3-sektorda yashovchi yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazdi. Unda 52 nafar yoshlar va fuqarolarning ish oʼrni va bandligini taʼminlash, kundalik turmushda uchrayotgan maishiy va boshqa muammolari tinglandi.
Sayyor qabulda 28 ta murojaatning 3 tasi ijobiy hal etildi. Unda 2 nafar talabaning kontrakt toʼlovi, oʼzini oʼzi band qilishi uchun inkubator va tikuv mashinasi yoshlarga topshirildi.
Bir nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilgan boʼlsa, mablagʼ va vaqt talab etadigan 24 murojaat esa nazoratga olinib, masʼullarga ijro uchun yuborildi.

Text to speech