22 Dekabr 2023 yil 426

Kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 27-avgustdagi 310-son “Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda vazirlikning 2023-yil 8-dekabr kunidagi 2/2-1855-sonli ko‘rsatmasiga muvofiq, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga tanlov asosida xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Mas’ul xodimlar tomonidan olib borilayotgan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi mashg‘ulotlari, tegishli mavzular bo‘yicha tayyorlangan o‘quv materiallar va ko‘rgazmali qurollar yordamida zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan holda o‘tkazilishi tashkillashtirildi.

Xususan, o‘quv kurslariga ishtirok etayotgan xodimlarga “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”, “O‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha qurol qo‘llash shartlari va huquqiy asoslari”, “Maxsus vositalar va aloqa tayyorgarligi”, ““Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari” mavzulari doirasida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.  O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarni qiziqtirgan savollariga batafsil tushunchalar berib borildi.

Text to speech