“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” oʼtkazilmoqda. Bu borada Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida ham bir qator tadbirlar, mahorat darslari va sport musobaqalari boʼlib oʼtmoqda
Аvval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga koʼra 2021 yilning 15 noyabr kunidan 15 dekabr kuniga qadar soha xodimlari oʼrtasida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” oʼtkazilmoqda. Bu borada Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida ham bir qator tadbirlar, mahorat darslari va sport musobaqalari boʼlib oʼtmoqda. Jumladan, viloyatning shahar-tumanlarida oylik doirasida xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish maqsadida sportning suzish, shaxmat-shashka, futbol, valeybol, koʼpkurash, oʼq otish, stol tennisi, yengil atletika, sogʼlom hayot sari 5000 qadam marafonlari uyushtirildi.
Xususan, mahorat darslarida Ichki ishlar vazirligi Maxsus otryadlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Qashqadaryo viloyati boʼyicha maxsus otryadi va boshqarma Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi mutaxassislari tomonidan viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari va shaha-tuman ichki ishlar boʼlimlari shaxsiy tarkibi ishtirokida jangovar qurollarning taktik-texnik tasnifi va tuzilishi, qoʼllash tartibi, shuningdek, toʼliqsiz qismlarga ajratish va yigʼish boʼyicha amaliy mashgʼulotlar oʼtkazishdi.
Mashgʼulotlarda ichki ishlar organlari xodimlarining favqulodda holatlar, jinoyatlar, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda oʼq otar qurollari va boshqa portlovchi uskunalardan foydalanish va zararsizlantirish usullari va taktik jangovar xususiyatlari ishtirokchilarga tushuntirildi.
Favqulodda ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelganda xodimlarning tezkorligi, tayyorgarligi va jangovar holatlarga shayligi yuzasidan yigʼin signali berilib, safar xaltalari tekshirildi.
“Qoʼngʼirtogʼ” harbiy oʼquv dala poligonida oʼq otish boʼyicha amaliy mashgʼulotlar oʼtildi. Аmaliy mashgʼulotlarda masʼul xodimlar tomonidan oʼq otar qurollarning taktik-texnik xususiyatlari, qoʼllash asoslari va olib yurish tartibi toʼgʼrisida tushunchalar berilib, xodimlarning amaliy koʼnikmalari boyitildi.
Shu bilan birga ichki ishlar organlari xodimlariga mutaxassislar tomonidan kasbiy, jismoni, jangovar yoʼnalishlar boʼyicha mahorat darslari va musobqalar barcha shahar-tuman ichki ishlar boʼlimlarida uyushqoqlik asosida tashkil qilinmoqda.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlarining va maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi bilim va malakalarini oshirish, dunyoqarashini kkengaytirish maqsadida “Zakovat” intellektual oʼyinlari ham tashkil etilmoqda.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.