24 Iyul 2024 yil 557

“Kasbiy faoliyatning psixologik xususiyatlari” mavzusida o‘quv amaliy mashg‘uloti hamda davra suhbati o‘tkazildi

Ichki ishlar organlari xodimlarining ruhiy salomatligini mustahkamlash, stress, depressiya va suitsid holatlarini oldini olish borasida boshqarma ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis – psixologlari  tomonidan psixoprofilaktik va psixokorreksion seminar-trening mashg‘ulotlari doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi  xodimlari bilan ma’naviy-ruhiy muhitni yanada yaxshilash, sog‘lom fikrlarni shakllantirish, shaxslararo munosabatlarda turli xil nizolarning oldini olish, ijtimoiy moslashuv darajasini oshirish maqsadida “Kasbiy faoliyatning psixologik xususiyatlari” mavzusida o‘quv amaliy mashg‘uloti hamda davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda notiqlik, o‘z fikrini o‘zgalarga tushuntira bilish va munozara yuritish madaniyatini shakllantirish hamda xodimlarining shaxs psixologiyasi sohasidagi bilimi va kasbiy-psixoprofilaktik mahoratini oshirib borish maqsadida tushunchalar berilib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Text to speech