26 Dekabr 2022 yil 265

Kasbi tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil etilgan sayyor qabul samarali o‘tdi

Xotin-qizlarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish maqsadida, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi hamda viloyat IIB va Kasbi tuman IIB xodimlari ishtirokida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i D.Qo‘chqorova, viloyat IIB bo‘lim boshlig‘i H.To‘rayeva, tuman sektor rahbarlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Tugalova  hamda 65 nafar xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda har bir masala ixtisoslik bo‘yicha mas’ullar bilan birga muhokama qilindi. Ayrim masalalar shu yerning o‘zida hal qilingan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha arizalar qabul qilinib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish belgilandi. Qabul davomida xotin-qizlarni qiynab kelayotgan masalalar, jumladan, aliment, bandlik va moddiy yordam bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat natijasi nazoratga olindi. Bu esa tumanning olis va chekka hududlari aholisi muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Text to speech