13 May 2021 yil
695
Kasbi tumanida sodir boʼlgan mudhish yoʼl transport hodisasi yuzasidan tanqidiy muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi
2021 yil 08 May kuni soat 22:10 larda, Kasbi tumani “Gʼalaba” MFY, Toshqoʼrgʼon qishlogʼi xududidan oʼtuvchi 4R-92 “Qarshi-Talliqoʼrgʼon-Kasbi-Jenov” avtomobil yoʼlining 26-km.da, Kasbi tumani, Shakarjoʼy qishlogʼida yashovchi, T.X “Vaz2101” rusumli 70 R 104 BA davlat raqam belgili avtomobilini “Kasbi-Qarshi” yoʼnalishi boʼyicha boshqarayotib, qarama-qarshi yoʼnalishdan harakatlanib kelayotgan, Kasbi tumani, Qoratepa qishlogʼida yashagan, S.S boshqaruvida boʼlgan “Neksiya” rusumli 70 S 270 АA d/r belgili avtomobili harakat yoʼnalishiga chiqib ketishi oqibatida toʼqnashib, yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan. 7 kishining oʼlimiga olib kelgan YTHning kelib chiqish sabablari yuzasidan tanqidiy muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi.