10 Yanvar 2023 yil 190

Kasbi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Salomatlik uchun 5000 qadam” ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil 9 yanvar kuni “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan ommaviy yugurish marafonida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Kasbi tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyati va ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar qatnashdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan  ommaviy marafonda soha xodimlari tuman markazidagi Mustaqillik va Oqqamish ko‘chalari  oralig‘ida yugurishdi.

Bu boradagi tadbirlar joylarda davom ettirilmoqda.

Text to speech