9 Fevral 2024 yil
706
Kasbi tuman hokimligida o‘tgan va joriy yilning bir oyi davomida jinoyatchilikni jilovlash hamda ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov, sektor rahbarlari, IIB xodimlari, tashkilotlar va mahallalar yettiligi ishtirok etgan yig‘ilishni tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev ochdi.
Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov tadbirda so‘zga chiqib, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir yetilganlarini fosh yetish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya yetilishini atroflicha tahlil yetdi.
Muhokama yetilgan masalalar yuzasidan boshqarma boshlig‘i mas’ullarga aniq topshiriq va yo‘riqnomalar berdi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda podpolkovnik Otabek Rahimov Ruyiddinovich tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.