Kasb o‘rganishga yo‘naltirildi
Nishon
tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar o‘rtasida qayta jinoyat sodir etilishini
oldini olish, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishning tahliliga
bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Tuman IIB probatsiya nazoratidagi
shaxslar, Nishon tuman imom-xatibi ishtirok etib, o‘zgalarning haqiga xiyonat
qilmaslik, halol mehnat qilib, ro‘zg‘or tebratish, blgilangan qoidalarga amal
qilish borasida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.
Nazoratda
turgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarni bandligini ta’minlash, ularga
murabbiylar biriktirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.
Yakunda
tuman Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘limi
xodimlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda
ayrim shaxslar va xotin-qizlar kasb o‘rganish uchun o‘qishga yo‘naltirildi.