9 Aprel 2020 yil 837

Karantin vaqtida ham oʼz nafsini jilovlay olmagan oʼgʼrilar qoʼlga olindi

Chiroqchi tuman IIO FMBga 2020 yil 07 aprelь kuni tushgan xabarga koʼra, Chiroqchi tumani Dam qishlogʼida yashovchi I.Oʼ.  ariza bilan murojaat qilib, u oʼz arizasida, 2020 yil 06 aprelь kuni soat 21:00 larda, nomaʼlum shaxslar yashash uyida hech kim yoʼqligidan foydalanib, devor oshib uyiga kirib, yotoqxonasidagi narxi 2.500.000 soʼmlik “Samsung” rusumli televizor va ayvonida turgan narxi 5.000.000 soʼmlik taxta kesuvchi stanokni oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan. Chiroqchi tuman IIO FMB 3-sonli IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni Chiroqchi tumani Pastuyshun qishlogʼida yashovchi J.L. va Chiroqchi tumani Dam qishlogʼida yashovchi E.F.lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan “Samsung” rusumli televizor va taxta kesuvchi stanok tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB TB tomonidan F.E. va L.J.larga nisbatan OʼzR JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech