7 Oktyabr 2020 yil 781

KАRАNTIN TАDBIRI TUGАMАDI

“Covid-19” pandemiyasi tufayli mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin hali yakunlanmadi, aksincha yumshatildi. Buni oʼzicha tushungan ayrim fuqarolarimiz karantin talablarini buzib, koʼcha-kuyda tibbiy niqobsiz ochiq yurishga odatlanmoqda. Xolbuki, hali pandemiyaning navbatdagi bosqichi borligi haqida tibbiy mutaxassislar ogohlantirmoqda. Shu bois boshqarma HPB va uning shahar-tuman boʼlimlari profilaktika inspektorlari oʼziga biriktirilgan hududda karantin qoidalari ijrosi yuzasidan nazorat kuzatuv ishlarini olib bormoqda. Jumladan, Chiroqchi tuman IIO FMB 2-sonli IIB profilaktika inspektori katta leytenant Аbbos Roʼziqulov oʼzi xizmat qilayotgan “Toʼqmor” MFYda 2020 yil 06 oktyabr kuni 12 nafar fuqarolar niqob taqmasdan yurganini aniqlashga erishdi. Tumanning “Oqtoʼnli”, “Oʼymovut”, “Chuvulloq” va “Toʼqmor” mahallalarida istiqomat qiluvchi bu qoidabuzar fuqarolarga nisbatan profilaktika inspektori tomonidan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, tegishli taʼsir choralari koʼrildi.

Bir soʼz bilan aytganda, bu borada profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik  targʼibot ishlari davom ettirilmoqda.    

Qashqadaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi

Text to speech