6 Avgust 2021 yil 472

Karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan chora koʼrildi

Oʼzbekiston Respublikasiga koronavirus infektsiyasining kirib kelish va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʼyicha Respublika Maxsus komissiyasining 2021 yil 6 iyul kunidagi yigʼilish bayoniga asosan, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining keyingi toʼlqinini oldini olish va fuqarolar salomatligini saqlash maqsadida bir qator cheklovlar joriy etilgandi. Unga koʼra, kafe-bar, choyxona va koʼngilochar maskanlar, istirohat bogʼlari, kontsertlar, tomoshalar, sport musobaqalari va ommaviy namoz oʼqish hamda toʼylarda 100 nafardan ortiq mehmon chaqirmaslik choralari belgilab qoʼyilgan.
Choyxona, restoran va kafe-barlarda joylar oraliq masofani saqlagan holda ochiq joylarda mijozlarga xizmat koʼrsatish hamda soat 20.00dan keyin faoliyat koʼrsatmasligi qatʼiy belgilab qoʼyilgandi.
Аmmo ayrim baʼzi tumanlarda faoliyat koʼrsatayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, choyxona va boshqa koʼngilochar maskanlar belgilangan cheklovlarga amal qilmayotgani ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʼtkazilayotgan reydlar davomida aniqlanmoqda. Jumladan, Qarshi tumani “Mirmiron” MFYda joylashgan “АSR”, “Batosh” MFYda joylashgan “YaGONА” nomli choyxonalar 2021 yil 5 avgust kuni tungi vaqt soat 23:00da karantin qoidalarini buzgan holda faoliyat koʼrsatayotganligi Qarshi tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, chora koʼrishlik uchun Jinoyat ishlari boʼyicha Qarshi tumani sudiga yuborildi va sud tomonidan maʼmuriy ish onlayn tartibda koʼrib chiqilib, choyxona maʼmuriyatiga tegishli jarima jazosi tayinlandi. Xuddi shuningdek, tumanning “Kat” MFYda joylashgan “RАShID OTА” nomli choyxona ham shu kuni tungi vaqt soat 23:00da Karantin qoidalarini buzgan holda ishlab turganligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, chora koʼrishlik uchun JIB Qarshi tumani sudiga yuboril va sud tomonidan onlayn tartibda koʼrib chiqilib, jarima jazosi belgilandi.

Text to speech