"Kambag‘allikdan farovonlik sari”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentabr kunidagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli Qarori asosida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga asosiy vazifalarni belgilab berilgan edi. Bu borada Qashqadaryo viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat 3-sektor rahbari - IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov o‘ziga biriktirilgan Koson tumanidagi “Zamin" mahallasida istiqomat qilayotgan oilalarda bo‘lib, "Kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak hamda o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiya asosida tikuv mashinkasi berildi.
Tadbirda mehnatga layoqatsiz fuqarolarning
yashash sharoitlari, oilaning moddiy daromadi o‘rganilib, farzandlarining qayta
tayyorlov puli to‘lab berildi.
O‘rganilgan oilalarning har bir mehnatga yaroqli a’zosini daromadli
faoliyat bilan shug‘ullanishi, tomorqaga dehqonchilik qilish takliflari
berildi.
Yakunda ularning har birini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.