“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha
"Kambag‘allikdan farovonlik sari”
Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabr kunidagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli Qarori asosida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga asosiy vazifalarni belgilab berilgan edi. Bu borada viloyatda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat 3-sektor rahbari - IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov o‘ziga biriktirilgan Koson tumanidagi “Quyi obron”, “Qorabayir”, “Araliq” mahallalarida istiqomat qilayotgan oilalarda bo‘lib, "Kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak hamda suyultirilgan gaz balloni berildi.
Shuningdek, uyini ta’mirlash, oshxona va yordamchi binolar qurish jarayonlari o‘rganildi.
Tadbirda mehnatga layoqatsiz fuqarolarning yashash sharoitlari, oilaning moddiy daromadi o‘rganilib, farzandlarining qayta tayyorlov puli to‘lab berildi.
O‘rganilgan oilalarning har bir mehnatga yaroqli a’zosini daromadli faoliyat bilan shug‘ullanishi, tomorqaga dehqonchilik qilish takliflari berildi.
Yakunda ularning har birini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.