8 Oktyabr 2024 yil 459

Kambag‘allikdan farovonlik sari

Koson tumanida Prezidentimizning 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son qaroriga asosan viloyat 3-sektoridagi “Zaminr” mahallalasida istiqomat qiluvchi og‘ir toifadagi oilalarda viloyat ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov tomonidan o‘rganishlar olib borildi.

Boshqarma boshlig‘i fuqarolar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot qilib, oylik daromadi, yashash sharoiti va bandligi hamda  muammolarini o‘rgandi. Jarayonda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq manzilli choralar belgilandi. Jumladan, ijtimoiy himoya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarni  doimiy ish bilan ta’minlash, kasbga o‘qitish, borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech