Kambag‘allikdan farovonlik sari
Koson tumanida Prezidentimizning
2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush
farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib
chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son qaroriga asosan viloyat 3-sektoridagi “Qorabayir”
mahallalasida istiqomat qiluvchi og‘ir toifadagi oilalarda viloyat ichki ishlar
boshqarmsi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov tomonidan o‘rganishlar olib
borildi.
Boshqarma boshlig‘i fuqarolar
bilan yuzma-yuz ochiq muloqot qilib, oylik daromadi, yashash sharoiti va
bandligi hamda muammolarini o‘rgandi. Jarayonda aniqlangan muammolarni
bartaraf etish bo‘yicha aniq manzilli choralar belgilandi. Jumladan, ijtimoiy
himoya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasbga
o‘qitish, borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Xususan, tumanning “Qorabayir”
mahalllasida yashovchi Sarvigul Safarovaga o‘zini o‘zi band qilishi uchun tikuv
mashinasi berildi.
Bu boradagi ishlar davom
ettirilmoqda.