Kambag‘allikdan farovonlik sari
Viloyat 3-sektoriga qarashli hududlarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulovga biriktirilgan G‘uzor tumani “Sovlig‘or” mahallasida istiqomat qiluvchi og‘ir toifadagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
fuqarolar bilan yuzma-yuz ochiq muloqotda to‘rtta oilaning yashash sharoiti va imkoniyatlarini o‘rganib,
ularning 2 nafariga
o‘zini o‘zi band qilish taklifiga binoan tikuv mashinkasi berildi. Shu mahallada yashovchi talabaga
oliygohda o‘qish uchun to‘lov kontrakti hal etildi. Yana bir fuqaroga esa
qishda foydalanish uchun bir tonna ko‘mir yetkazib berildi.
Jarayonda hududda yashovchi biriktirilgan boshqa fuqarolarning muammolarni hal etish, doimiy ish bilan ta’minlash, kredit asosida bandligini ta’minlash borasida ishlar davom ettirilmoqda.