25 Noyabr 2024 yil 613

“Kambag‘allikdan farovonlik sari”

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, Qashqadaryo viloyatida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat 3-sektoriga qarashli viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlariga biriktirilgan fuqarolarning muntazam ravishda turmush sharoiti o‘rganilib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanib kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rib kelinmoqda. 

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajarovga biriktirilgan Qarshi shahridagi “Bunyodkor” mahallasida yashovchi fuqaro Muhabbat Mengliyevaning  kundalik va oilaviy sharoiti o‘rganilganda suv hovuzi va savdo do‘koniga ehtiyoji borligi ma’lum bo‘lgandi.

Tuzilgan yo‘l xaritasi asosida yaqinda fuqaro Muhabbat Mengliyevaga suv hovuzi va kichik savdo do‘koni qurib berildi. 

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech