Yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi
Qashqadaryo viloyati IIBda Ekspert-kriminalistika boʼlimi va uning shahar-tumanlardagi boʼlinma guruhlari xodimlari ishtirokida jinoyatlarni oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish borasida joriy yilning oʼn bir oyligi amalga oshirilgan ishlarning tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Yigʼilishni boʼlim boshligʼi, mayor Jamshid Shermatov ochib, mamlakatimizda kechayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xususan ichki ishlar organlarining Ekspert-kriminalistika boʼlimidagi oʼzgarishlar haqida fikr yuritdi.
Shundan soʼng soha xodimlari tomonidan erishilgan natijalar hamda yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar atroflicha muhokama etildi. Viloyatda jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini “issiq izlar”da fosh etishda mavjud kriminalistik texnika va uskunalardan samarali foydalanish lozimligi taʼkidlandi. Qolaversa jinoyatlarni fosh etish ustida oʼtkazilayotgan tadqiqotlarni yanada takomillashtirish buning uchun har bir xodim oʼz ustida ishlab, tajriba va malkasini oshirishi lozimligi aytib oʼtildi.
Shuningdek, ichki ishlar boʼlimi ekspertlari faoliyati tanqid ostiga olindi. Yigʼilishda oshgan jinoyat turlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar muhokama etildi.
Yigʼilishda Prezidentimiz rahbarligida shu yilning 12 fevralь kuni Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yigʼilishida berilgan topshiriqlarni bajarish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarini bildirdi.
Tadbirda boshqarma EKB, Qarshi shahar IIO FMB, Kasbi, Chiroqchi tuman IIBlari ekspertlariga boshqarma rahbariyatining “Tashakkurnoma”lari berildi.
Yakunda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muhim vazifalar belgilab olindi.