15 Oktyabr 2021 yil 463

“Juma – Vatanparvarlik kuni”

Ichki ishlar organlarida “Juma – Vatanparvarlik kuni” etib belgilanishi munosabati bilan qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazib kelinmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIBda “Juma – Vatanparvarlik kuni” tadbiri doirasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ichki ishlar organlari faoliyatiga oid bilim va koʼnikmalarini shakllantirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” boʼlib oʼtdi.
IIV Qashqadaryo akademik litseyi va maktab oʼquvchilari va yoshlar taklif etilgan tadbirda ichki ishlar organlaridagi maxsus himoya vositalari, jangovar va xizmat avtomashinalari, qurol-yarogʼ va boshqa uskunalar, kiyim-boshlar namoyish etildi.
Tadbirda yoshlar barcha texnika va maxsus vositalar bilan yaqindan tanishdilar.
Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilardagi jasurlik, mardlik, faxr-iftixor, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʼoyalariga sodiqlik, fuqarolarda ichki ishlar organlariga hurmat tuygʼusini shakllantirishga yoʼnaltirilgan tadbirda yoshlarga atroflicha maʼlumotlar berildi.
Yakunda boshqarma Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari tomonidan jangovar koʼrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Text to speech