Yoʼllarda harakatlanishda yuqori samaradorlikkka erishish, huquqbuzarliklarni oʼz vaqtida aniqlash va ularga barham berishni taʼminlashda YPX inspektorlariga “Yoʼl posbonlari” koʼmakchi boʼlishi shubhasiz
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 may kunidagi №377-sonli Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, 2018 yil 11 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi IIVning buyrugʼi asosida Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmatiga jamoatchilik asosida koʼmaklashuvchi «Yoʼl posboni» toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga koʼra Qashqadaryo viloyatida birinchi bosqichda oʼrta-maxsus va oliy taʼlim muassasalari yaqinida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʼl-transport hodisalarini oldini olish, piyodalarning yoʼllardan xavfsiz oʼtishini taʼminlash uchun xizmat qiladigan 127 nafar “Yoʼl posbon”lari biriktirib berildi. Ushbu yoʼl posbonlariga maxsus guvohnomalar hamda nur qaytaruvchi kamzullar va stop maxsus tayoqchalari berildi.
Yoʼl posbonilari aʼzolari quyidagi huquq va vakolatlarga ega:
Yoʼllarda, yoʼl harakati ishtirokchilarining yoʼl harakati qoidalariga amal qilishlarini YPX xodimlari bilan birga nazorat qilishi;
Yoʼl harakati qoidalarini buzgan yoʼl harakati ishtirokchilari bilan profilaktik ishlarni olib borish;
«Yoʼl harakati xavfsizligi kuni» tadbirlarida faol ishtirok etish;
Yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar orasida yoʼl harakati qoidalari boʼyicha bilim va koʼnikmalarni shakllantirish ishlarini olib borishdan iborat.
Yoʼllarda harakatlanishda yuqori samaradorlikkka erishish, huquqbuzarliklarni oʼz vaqtida aniqlash va ularga barham berishni taʼminlashda YPX inspektorlariga “Yoʼl posbonlari” koʼmakchi boʼlishi shubhasiz.