YOʼLLАNMА – IMTIYОZ DEMАKDIR
Mamlakatimizda aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʼllab-quvvatlashga ustuvor masala sifatida doimiy diqqat-eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, ichki ishlar organlarida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilayotir. Tizim xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida oʼtkazilayotgan tadbirlar buning yaqqol isboti.
Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida boʼlib oʼtgan tadbirda xizmat vazifasiga sidqidildan yondoshib, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, huquqbuzarliklarning ildiziga bolta urish, roʼy bergan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etib, faoliyatda ijobiy natijalarni qoʼlga kiritib kelayotgan bir guruh xodimlarning farzandlariga oliy oʼquv yurtlariga kirishi uchun ajratilgan imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.