2 Noyabr 2021 yil 295

“Yo‘l qoidasi umrfoydasi”

Bilamizki har qanday qonun qoidani bajarmaslik qonun buzilishiga olib keladi va choralar ko’riladi. Ammo yo‘l transport qoidasini buzganlik natijasida ko'ngilsiz hodisalarning kelib chiqishi bilan bog'liq va bu esa insonning barvaqt umiriga zomin ekanligini anglatadi. Shunday ekan ushbu yo‘l transport qoidalarning buzilishini oldini olishda ko'plab tushuntirish ishlarini olib borishimizga to‘g‘ri keladi. Shu kabi profilaktik tadbirlar harbiy xizmatchilar orasida ham keng muhokama qilinib kelinmoqda. Jumladan, 2021 yil 2 noyabr kuni Qarshi shahar YHXB xodimlari tomonidan DXX chegara qoʼshinlariga qarashli harbiy qismda harbiy xizmatchilar oʼrtasida yoʼl-transport xodisalarini oldini olish va yoʼllarda harakat xavsizligini ta’minlash maqsadida targʼibot tadbiri oʼtkazildi, tadbir yakunida yaqin kunlarda yurtimizda sodir etilgan yo‘l transport hodisalari bo'yicha xujjatli film namoyishi etildi.

Tadbirga Qarshi shahar IIB YHXB xodimi kichik serjant Axror Usmonov va DXX chegara qo'shinlari ofitseri podpolkovnik Xoshim Maxmudovlar tomonidan YTH natijasiga olib keluvchi hodisalar, kelib chiqish sabablari va yo‘l transport hodisalari natijasida sodir etilgan salbiy holatlar yuzasidan ma’ruza qilindi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar tomonidan xujjatli filmlar va sodir etilgan ko’ngilsiz hodisalardan o‘ziga xulosalar chiqardilar.

Text to speech