30 Dekabr 2023 yil 763

YPX inspektorlari tomonidan to'xtatilgan avtomashinalarda pirotexnika vositalari borligi aniqlandi

Joriy yilning 29 dekabr kuni soat 12:40larda “Xavfsiz hudud – dolzarb 40 kunligi” maxsus profilaktik tadbiri davomida Qarshi shahar “Cola” savdo majmuasi ro’parasida xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan Qarshi shahar I.Karimov ko’chasi buylab harakatlanib ketayotgan haydovchi Sh.Sh. boshqaruvida bo’lgan “Damas” hamda haydovchi N.B. boshqaruvida bo’lgan “Neksiya 3” rusumli transport vositalari to’xtatilib salon qismi ko’zdan kechirilganda 112 dona “7 shots”, 160 dona “Petardi”, 80 quti “Treniya”, 48 dona “Volk” yozuvli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda mazkur pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

Text to speech