4 Yanvar 2024 yil
1059
Yo‘qotilgan xamyon
Shahrisabz shahriga sayohatga kelgan fuqaro Rashidova Ozoda elektromobil ichida 700.000 so‘m puli, plastik kartochkasi
va boshqa anjomlari bo‘lgan xamyonini ehtiyotsizlik
oqibatida tushirib qoldirib, bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan “Oqsaroy” tarixiy majmuasida xizmat olib borayotgan
Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi inspektori kapitan Zuhriddin G‘anievga murojaat
qiladi.
Qisqa fursat
ichida xodimlarning tezkor sa’y-harakatlari natijasida xamyon ichidagi
narsalar bilan topilib, egasiga topshirildi.
Kapitan Zuhriddin G‘aniev 6 yildan beri ichki ishlar
organlarida sidqidildan xizmat qilib, ijobiy
natijalarga erishib kelmoqda. Saflarimizda shunday xodimlar ko‘payaversin.