Joriy yilning 9 iyunь kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari tomonidan sayyor qabul oʼtkazildi.
Qabul jarayonida virtual va xalq qabulxonalariga murojaat etgan hamda sayyor qabullar va ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor boʼlgan 73 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi.
Bevosita ochiq muloqot ruhida oʼtkazilgan qabul jarayonida muammolarning 25 tasi ijobiy hal etildi. Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan 6 ta murojaatlar koʼrib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. Qolagn 17 ta murojaat boʼyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda Qarshi shahar “Chulquvar” MFY 4-mitti tumani 22-uy 41-xonada yashovchi D.Аlimova kredit olish masalasida murojaat etdi. Unga qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish boʼyicha kredit hujjatlari rasmiylashtirilib, kredit ajratish masalasi hal etildi.
Jumladan, bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan holatlar ham tinglandi. Fuqarolar Chorieva Medaxol, Xoʼjaqulov Baxodir va Tursunov Qobiljonlarning Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish masalasida qilgan murojaatlari koʼrib chiqilib, ularning masalasi ijobiy hal etilib, ularga biometrik pasportlar topshirildi.
Fuqarolar Rizaqulov Behruz, Karimova Xursanoy, Аbraeva Maʼmuralarga biometrik pasport olish yuzasidan qilgan murojaatlari ham tinglanib, ularga yangi biometrik pasportlar tantanali ravishda topshirildi.
Xuddi shunday, fuqaro Xayitov Bekzodning doimiy propiska masalasi ham shu kuni ijobiy hal etildi.
Fuqarolar Qurbonova Dilrabo va Аbraeva Maʼmuralarning ichki ishlar organlariga ishga kirish yuzasidan bergan arizalari oʼrganib chiqilib, ularning hujjatlari qabul qilindi.
Farzandlari shaffoflik va ochiq ruhda oʼtkazilgan tanlovda ichki ishlar organlariga ishga qabul qilingani uchun fuqarolar M.Аlieva, M.Haydavalova, D.Eshanqulova, Gʼ.Xayitov, N.Moʼminova va F.Norovalar IIV va viloyat IIB rahbariyatiga samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.