JISMONIY MАSHGʼULOTLАR OʼTKАZILMOQDА
Jamiyatda sogʼlom turmush tarziga amal qilish, va uni targʼib etish fuqarolar salomatligi saqlashning bosh omili hisoblanadi. Shu bois boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning sohaviy xizmatlari va shahar-tuman boʼlimlarida xodimlar salomatligini mustahkamlash, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish doimiy diqqat-markazda boʼlib kelmoqda. Belgilangan reja asosida har haftaning seshanba va juma kunlari ichki ishlar organlari tizimida xizmat qiluvchi barcha xodimlar uchun sport mashgʼulotlari kuni etib belgilangan. Jumladan, Mirishkor tumani IIB shaxsiy tarkibi ham tumandagi Bolalar va oʼsmirlar sport maktabida haftada iki kun sport mashgulotlari bilan shugʼullanmoqda. Oʼz navbatida sport xodimlarni jismoniy chiniqtirish bilan birga turli kasalliklarni oldini olishda ham qoʼl kelmoqda.