25 Avgust 2023 yil 2269

Jinoyatlar keng qamrovda tahlil etildi

Mullato‘ychi Toshmuhammedov nomli teatrda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov raisligida viloyat va Qarshi shahar sektorlari rahbarlari, huquq-tartibot organlari rahbarlari va mutasaddi idoralar hamda mahallalar beshligi ishtirokida joriy yilning 7 oyida Qarshi shahrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar birgina maqsad sari, ya’ni xalqni rozi qilish va aholiga yaqindan xizmat ko‘rsatishga qaratilgan, - dedi viloyat hokimi o‘z so‘zida. - Jinoyatchilikni jilovlash, aholining kunlik ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish bo‘yicha yangicha ishlash tizimi yaratilganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shuhratjon Satvoldiev  so‘zga chiqib, Qarshi shahrida da huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida “mahallabay”, “fuqarobay” ishlash tizimi bo‘yicha tashkil etilgan profilaktik tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida Qarshi shahridagi 64 ta mahallalardan 37,5 foizi “qizil” va 47 foizi “sariq” toifadagi mahallalar ro‘yxatida turgani achinarli holat ekanligini ta’kidladi. Mavjud muammolarga yechim topish, mahallalarda fuqarolar bandligini ta’minlash, ayollar va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar natijadorligi oshirish, og‘ir va o‘ta og‘ir va boshqa turdagi jinoyatlarni va huquqbuzarliklarni oldini olish, unga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”, “Xavfsiz hudud”, “Turmush”, “Qoradori” va boshqa profilaktik tadbirlarda barcha mutassadi tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xamjihatlikda ish tashkil etib, o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi zarurligi qayd etildi.

Tanqidiy yig‘ilishda viloyat hokimi sodir etilgan har bir jinoyatni mahalla beshligi bilan birma bir tahlil etdi. Jinoyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillar, uni bartaraf etishda uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha beshlik faoliyatini tanqdiy muhokama qilinib, mahalla raisi, Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, Yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorining kunlik ish faoliyati tahlil etildi. Bu borada tegishli tavsiya va takliflar berdi.

Yigilishda viloyat davlat xavfsizligi  xizmati boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi raisi, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda jamoat joylarida jinoyatlar, huquqbuzarliklarni oldini olish, oila-turmush doirasidagi qonunbuzarliklarga barham berish, ayollarga himoya orderlarini berish, ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish va ish bilan ta’minlash, borasida mas’ullar vazifador etildi. 

Jinoyatlarni oldini olish maqsadida ko‘p qavatli  uylarning yo‘laklariga videokuzatuv kameralari, tungi yorituvchi chiroqlar o‘rnatish, qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, “Mahalla huquq-tartibot maskan”larining faoliyatini kuchaytirib, eng og‘ir mahallalarda sektor rahbarlari tomonidan yangi  “Mahalla huquq-tartibot maskani” tashkil etish, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning oldini olishda mahallalardagi “Beshlik” rolini oshirish pirovardida joylarda viktimologik profilaktikani kuchaytirish lozimligi mas’ullarga tushuntirildi.

Yakunda kun tartibiga kiritilgan masallar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech