Jinoyatlаr jilovlаnmoqdа
Аvval xabar berganimizdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev rahbarligidagi ishchi guruh Kitob tumani ichki ishlar boʼlimi xodimlariga jinoyatlarni “mahallabay” jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ikki kun davomida amaliy yordam koʼrsatishni boshlagandi.
Ikki kun davomida ishchi guruh tumanda sodir etilgan jinoyatlarni yuzaga keltirgan shart-sharoit va bunga imkon yaratgan omillarni oʼrganib, atroflicha muhokama qilishdi. Jinoyatlarni jilovlashda keng jamoatchilik, mahalla faollari va oqsoqollardan unumli foydalanish xususida tegishli yoʼriqnomalar berildi.
Qizil hududga kiritilgan “Аli qushchi” va sariq toifadagi “Guliston” mahalla fuqarolar yigʼiniga xizmat koʼrsatuvchi Kitob tumani ichki ishlar boʼlimi profilaktika inspektorlarining xizmat jarayoni, mahalla hududida tashkil etilgan jamoatchilik nazorat maskanlari faoliyati, profilaktika inspektorlarining mahalla aholisi bilan munosabatlari va ularning murojaatlarini hal etish ishlarini atroflicha oʼrganib, tahlil etishdi. Mahallada har bir oila va fuqarolarning muammolarini oʼrganib, mahallaning krimenogen vaziyatini yaxshilash, bu boradagi ishlarni tuman miqyosida joriy etish boʼyicha tavsiya va takliflar berildi.
Tadbir yakunida tuman ichki ishlar boʼlimi shaxsiy tarkibi bilan kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazilib, tumanda jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi holatlarni atroflicha oʼrganish, tegishli taʼsir choralarini qoʼllagan holda ijobiy tomonga oʼzgartirish rahbarlar oldiga aniq vazifalar qoʼyildi va ijrosi nazoratga olindi.