25 Mart 2021 yil 576

Jinoyatining yuzaga kelish sabablari muhokama qilindi

Chiroqchi tumani “Paxtaobod” MFYda Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev hamda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qashqadaryo viloyati boʼyicha boshqarmasi boshligʼi polkovnik U.Аzimov ishtirokida 2021 yilning 15 mart kuni sodir etilgan oʼta ogʼir jinoyat muhokamasi boʼlib oʼtdi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, prokuratura, mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash tuman boʼlimi, mahalla faollari va fuqarolar va jinoyat ishtirokchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.

Muhokamada ishtirokchilarga jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning barvaqt oldini olish masalasi ustuvor vazifa ekanligi uqtirildi. Jinoyatni kelib chiqish sabablari va bunga shart-sharoit yaratgan omillar yuzasidan tegishli mutasaddi idoralar va mahalla faollarining xatti-harakati muhokama qilindi. Umumiy ovqatlanish va koʼngilochar maskanlar rahbarlariga belgilangan vaqtlarda mijozlarga xizmat koʼrsatishi, tungi vaqtlarda faoliyat koʼrsatmaslik tavsiya etildi.

Text to speech