30 Mart 2022 yil 462

Jinoyatga jazo muqarrar


Chiroqchi tumanidagi Koʼkdala 2-hududiy shifoxonasi “Koʼkdala” oilaviy poliklinikasi hamshirasi “U.M.R.” hamda Chiroqchi tuman markaziy poliklinikasi “Аnnaroʼz” shifoxonasida feldsher boʼlib ishlovchi “M.S.X.”lar oʼzaro til biriktirib, 2021 yilning 11 noyabr kuni oʼzlariga ishonib topshirilgan byudjet mablagʼlariga asosan olib keltirilgan “Covid 19” virusiga qarshi vaksinalarni oʼzlashtirib, fuqaro “M.Q.”ga 4.600 АQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʼlga olingan.
Yaqinda Jinoyat ishlari boʼyicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan fuqaro “U.M.R.” va “M.S.X.”lar Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, “U.M.R.”ga 1 yil tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda BHMning 30 baravari miqdorida jarima, “M.S.X.”ga esa 2 yil tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Text to speech