16 Noyabr 2022 yil 264

“Jinoyatchilikni oldini olishda video kameralar va tashvish nuqtalari “pult” mexanizmlarini o‘rni”

Joriy yilning 31-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazir huzurida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining tegishli bandida berilgan topshiriqqa asosan, Qarshi shahar IIO FMBda mahalla faollari va tadbirkorlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Jinoyatchilikni oldini olishda video kameralar va tashvish nuqtalari “pult” mexanizlarini o‘rni” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda hozirgi vaqtda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hayotning barcha jabhalarida shu jumladan, huquq-tartibot organlari faoliyatida ham jinoyatchilik bilan kurashishda, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlashda ichki  ishlar organlari xodimlari samarali foydalanib kelinayotgani qayd etildi.

Qarshi shahri hududida o‘tgan davr mobaynida IIO xodimlarining targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida - 163 dona kamera o‘rnatildi. Jumladan, MFYlarning odamlar ko‘p yig‘iladigan joylariga 45 ta ichki ko‘chalariga 56 ta, savdo do‘konlarida 38 ta, xonadonlarda 24 ta,

Qarshi shahar  hududida hozirgi kunda – 633 ta MG Qo‘riqlash pultiga ob’ektlar ulangan. Maktablar, maktabgacha ta’lim tashkiloti, banklar, bozorlar, oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, savdo do‘konlari va xonadonlar ana shular jumlasidan.

2022 yilda 1246 dona  kameralar o‘rnatilish rejalashtirilgan bo‘lib,  Qarshi shahar IIO FMBga integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda

Qarshi shahrida “Xavfsiz shahar” tizimi bosqichma-bosqich amalga oshirilayotir. Bunda ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlari axborot tizimlari, videokuzatuv, qoidabuzarliklarni qayd etish, ob’ektlarni qo‘riqlash, ehtimoliy tahdidlarga javob qaytarish va ogohlantirish tizimlarini integratsiya qilish uchun Qarshi shahar IIBda “Vaziyatni nazorat qilish Markazi” (situatsionnыy sentr)ga bosqichma-bosqich ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat hududida “Xavfsiz turizm”, “Obod va xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz transport” apparat-dasturiy kompleks loyihalari amalga oshirilib, axborot-kommunikatsion texnologiyalar joriy etilmoqda.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga jinoyatlarni oldini olish va “pult”ga ulanish to‘g‘risidagi bukletlar tarqatildi.

Text to speech