22 Dekabr 2021 yil 500

Jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uni oldini olish muhim vazifa

Qashqadaryo viloyat prokurorining oʼrinbosari Ubaydulla Saʼdullaev raisligida IJQK Departament viloyat va tuman xodimlari, viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosarilari, viloyat prokuraturasining tegishli tarmoq rahbarlari, tuman-shahar prokurorlarining, viloyat hamda tuman-shahar IIB boshligʼining sohaviy oʼrinbosarlari, barcha tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida tanqidiy yigʼilish oʼtkazildi.

Yigʼilish davomida qidiruvda boʼlgan shaxslarni ushlash, jinoyatlarni fosh etish, shaxsi nomaʼlum murdalarni shaxsini aniqlash va bedarak yoʼqolgan shaxslarni qidirib topishga oid tezkor-qidiruv tadbirlarini jadallashtirish, sohadagi faoliyati samaradorligini oshirish, jinoyatlarni hisobga qoʼyilishini tartibga solish, hisobot yilida sodir etilgan jinoyatlarni keyingi yilga asossiz oʼtkazilishiga yoʼl qoʼymaslik choralari koʼrish boʼyicha topshiriq va koʼrsatmalar berildi.

Shuningdek, ish yurituvdagi jinoyat ishlarini asossiz toʼxtatish va tugatish holatlariga yoʼl qoʼymaslik; jinoyat ishlari tergovini oʼz vaqtida yakunlash, elektron kartochkalarni hisobga koʼyish masalasi muhokama etildi.

Bu kabi yigʼilishlardan maqsad jinoyatlari issiq izlarda fosh etish va jinoyatchilikni oldini olishga xizmat qiladi.

Text to speech