3 Fevral 2021 yil 570

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2020 yilda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni belgilab olishga qaratilgan yigʼilishi (tuman-shaharlar audioselektor shaklida) oʼtkazildi.
Yigʼilishda huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlarining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Yigʼilish tanqidiy ruhda oʼtkazilib, kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʼlimi boshligʼi А.Niyozovning 2020 yil mobaynida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, bu sohadagi qonunbuzilish va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar toʼgʼrisidagi axboroti, masʼullarning izohlari va takliflari tinglandi.
Shuningdek, yigʼilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2021 yilning 1-yarim yilligiga moʼljallangan ish rejasi tasdiqlanib, ijroga qaratildi.

Text to speech