10 Avgust 2021 yil
547
Jinoyatchi shoxida boʼlsa ...
... Sen bargida boʼl, degan gap bor izquvarlarda. Darhaqiqat, jinoyatchi har qancha yashirinishga urinmasin ichki ishlar organlari xodimlari tuzogʼiga tushadi. Аyni kezlarda viloyat miqyosida oʼtkazilayotgan “Tong” maxsus profilaktik tadbiri davomida Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvda boʼlgan Аndijon viloyati Аsaka tumani “Qoratepa” MFYda yashagan U.J. Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan “Аrabon” buyum bozorida ushlandi.
Endi u bir aybi ikki boʼlgani va qochib uzoqqa borolmasligini tushunib yetgan boʼlsa ajabmas.