23 Fevral 2022 yil
610
Jinoyat protsessual huquqi-ushlab turish asoslari mavzusida maxorat darsi o‘tkazildi
Joriy yilning 23 fevral kuni Qarshi shahridagi Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumining talabalari bilan Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuridik ta’minlash bo‘limi xodimlari tomonidan "Jinoyat protsessual huquqi-ushlab turish asoslari" mavzusida maxorat darsi o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida Ichki ishlar boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti kapitan E.Normanov Jinoyat huquqi va jinoyat protsessual huquqi yo‘nalishida ma’ruza qilib, shu yo‘nalishdagi amaliyot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talabalar e’tiboriga yetkazdi. Mashg‘ulot yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.