11 Oktyabr 2022 yil 332

“YILNING ENG FAOL FAXRIY XODIMI”

 

 

 

Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limida Ichki ishlar organlarida faxriylari o‘rtasida “Yilning eng faol faxriy xodimi” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarining faxriylar kengashi raislari ishtirok etishdi.

Tadbirni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov ochdi. Unda faxriylar uch shart – “Xodimlar bilan ishlash”, “Faxriylar bilan ishlash”, “Ijtimoiy faoliyat” nominatsiyalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tanlovda raislar bor bilim va mahoratlarini ishga solishdi. Faxriylar raisining tumanlarda yosh xodimlarga “Ustoz-shogird an’analari”ni yangi bosqichga olib chiqish, yosh xodimlarning milliy qadriyatlarga sodiq, chinakam vatanparvar va fidoyi “xalq xizmatchisi” bo‘lib shakllanishida faxriylarning yordami, “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”da “Ustozlar o‘giti” shiori asosida amalga oshirgan faoliyati, shuningdek faxriylarning Vatan osoyishtaligi va yurt tinchligi yo‘lidagi uzoq yillik mehnatini inobatga olgan holda, xizmat paytida va xizmatni o‘tash davrida orttirilgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan  faxriylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqanidan so‘ng davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan, tadbirkorlik va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sifatida jamiyat hayotida faol ishtiroki borasidagi faoliyati va bilimi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Chiroqchi tuman IIB Faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari, iste’fodagi podpolkovnik Zokir Jovliyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni boshqarma faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari (YOXB Faxriylar kengashi raisi) iste’fodagi mayor Rustam Xaqqulov va Muborak tumani IIB Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik Usmon Ibragimov band etishdi.

G‘oliblar tanlov hay’atining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech