9 Oktyabr 2021 yil 611

“Yilning eng faol faxriy xodimi”

 

Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida Ichki ishlar organlarida faxriylari oʼrtasida “Yilning eng faol faxriy xodimi” tanlovi boʼlib oʼtdi. Unda viloyatning sohaviy xizmatlari, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shahar-tuman ichki ishlar boʼlimlarining faxriylar kengashi raislari ishtirok etishdi.
Uch shart – “Xodimlar bilan ishlash”, “Faxriylar bilan ishlash”, “Ijtimoiy faoliyat” nominatsiyalari boʼyicha boʼlib oʼtgan tanlovda raislar bor bilim va mahoratlarini ishga solishdi. Faxriylar raisining tumanlarda yosh xodimlarga “Ustoz-shogird anʼanalari”ni yangi bosqichga olib chiqish, yosh xodimlarning milliy qadriyatlarga sodiq, chinakam vatanparvar va fidoyi “xalq xizmatchisi” boʼlib shakllanishida faxriylarning yordami, “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi”da “Ustozlar oʼgiti” shiori asosida amalga oshirgan faoliyati, shuningdek faxriylarning Vatan osoyishtaligi va yurt tinchligi yoʼlidagi uzoq yillik mehnatini inobatga olgan holda, xizmat paytida va xizmatni oʼtash davrida orttirilgan jarohati tufayli nogiron boʼlib qolgan faxriylarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash hamda ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqanidan soʼng davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyat koʼrsatayotgan, tadbirkorlik va mahalla fuqarolar yigʼini raisi sifatida jamiyat hayotida faol ishtiroki borasidagi faoliyati va bilimi hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.
Tanlov natijalariga koʼra Chiroqchi tuman IIB Faxriylar kengashi raisi oʼrinbosari, isteʼfodagi podpolkovnik Zokir Jovliev gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʼrinlarni boshqarma faxriylar kengashi raisi oʼrinbosari (YoXB Faxriylar kengashi raisi) isteʼfodagi mayor Rustam Xaqqulov va Muborak tumani IIB Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi podpolkovnik Usmon Ibragimov band etishdi.
Gʼoliblar tanlov hayʼatining diplomi va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Text to speech