Jazosi ustiga jazo qoʼshildi
2022 yil 15 mart kuni soat 09:00 larda Kitob tumani Xalqlar doʼstligi MFYda yashovchi uy bekasi B.А. yashash uyiga notanish shaxs gʼayriqonuniy ravishda kirib, xonada boʼlgan 250 ming soʼm pul va 1 juft erkaklar oyok kiyimini oʼgʼirlab ketganini bayon qilgan. Shu kuni soat 21:30 larda Kitob tumani, “Xamid Olimjon” MFYda yashovchi nafaqaxoʼr ayol R.R. va 2022 yil 16 mart kuni soat 10:00 larda Kitob tumani Xalqlar doʼstligi MFYda yashovchi T. B. hamda shu kuni soat 23:00 larda Kitob tumani, “Charmgar” MFYda yashovchi P.Sh.ning yashash uyiga gʼayriqonuniy ravishda nomaʼlum shaxslar kirib, xonada boʼlgan narsa va buyumlarni titib, deraza oynalarini sindirib, tartibsiz holatga keltirib, xonadondan pul yoki qimmatbaho buyumlarni topa olmaganidan soʼng, jinoiy rejasi amalga oshmaganligini bilib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida hodisa joyidan Kitob tumani IIB EKG katta eksperti mayor J.Аzizov tomonidan olingan oyna siniqlari viloyat IIB EKBdagi biometrik idenfikatsiya tizimida tekshirib koʼrilganida 1 dona daliliy Kitob tumani Charmgar koʼchasida yashovchi, 2019 yil oʼn yettinchi dekabr kuni Oʼz R JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlan, 2022 yil 10 fevral kuni JIB Chiroqchi tuman sudining ajrimiga koʼra, oʼtalmay qolgan 3 yil 5 oy 18 kun jazosini Samarqand viloyati, Poyariq tumanida joylashgan 37-sonli manzil kaloniyasida oʼtashi belgilangan R.J.ga tegishli ekanligi aniqlangan.
Maʼlum boʼlishicha R.J. jazo oʼtayotgan vaqtda yaʼni, 2022 yil 15 mart kuni manzil kaloniyasini ruxsatsiz tark etib, oʼzini jinoiy rejasini amalga oshirish uchun Kitob tumaniga kelib, yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganini tan oldi.
Mazkur xolatlar yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi TG tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.