Jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar oʼrtasida davra suxbati tashkil etildi
2-son JIEKda jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar bilan 2022 yil 17-mart kuni Qarshi shahar aholi bandligini taʼminlash markazi mutaxasisi Bozorov Jumanazar Pardaevich ishtirokida koloniyada jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar oʼrtasida davra suxbati tashkil etildi.
Oʼtkazilgan davra suhbati davomida Qarshi shahar aholi bandligini taʼminlash markazi mutaxasisi koloniyada jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarga muqaddam sudlanganlarni hozirda yurtimizda boʼlayotgan oʼzgarishlar, shu qatori davlatimizning yoshlarga boʼlgan eʼtibori hamda yaratilgan sharoitlar, muqaddam sudlanib ozodlikka chiqqanlaridan soʼng ularga yaratilgan shart sharoitlar, muqaddam sudlangan yoshlarni hayotga moslashtirish, ularni sogʼligʼi, hujjat masalalari, ishga joylashishlari yuzasidan keng koʼlamli islohatlar olib borilayotganligi, mahkumlar ozodlikka chiqqanlaridan soʼng ularga davlat tomonidan 6-7 barobar miqdorda bir martalik moddiy yordam pullarini olishlari, xozirda viloyat, tuman markazlarida ijtimoiy moslashtirish markazi faoliyat yuritib kelayotgani, bu markaz mahkumlarga keyingi hayotiga sezilarli darajada oʼzgarishlar olib kirishi, tadbirkorlik va toʼxtab qolgan mehnat faoliyatiga qaytadan qaytishga, kasbi yoʼqlarni kasbga oʼqitish, diplom berish, ish bilan taʼminlanishlari, davlat tomonidan subsidiyalar ajratilishi, imtiyozli kreditlar ajratilayotganligi yuzasidan keng qamrovli tushunchalar berildi.
Davra suxbati davomida mahkumlar tomonidan berilgan savollarga malakali mutaxasis tomonidan batafsil javob berildi.