Yashash uyida giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgan shaxs qoʼlga olindi
Gʼuzor tuman IIBga 2021 yil 27 noyabrь kuni tushgan xabarga koʼra, TIIB JQB va viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Gʼuzor tumani “Аfgʼonbogʼ” MFYda yashovchi E.F yashash uyi xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, uyning yertoʼlasida yashil rangli, quruq xolatdagi bargsiz koʼplab poyalar mavjudligi, ushbu xona shiftiga yashil rangli, mayda bargli, oʼziga xos xidli oʼsimlik shoxlari osilgan holatda quritib qoʼyilganligi, xonaning tag qismiga qora rangli selofan toʼshalib, uni ustida koʼplab, quruq xolatdagi, yashil rangli, oʼziga xos xidli barglar va urugʼlar hamda 1 dona qora rangli selofan paketda,
1 dona koʼk rangli selofan paketda va dona qizil rangli setkali qopda quruq holatdagi, maydalangan, yashil rangli, oʼziga xos xidli moddalar mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan. Bundan tashqari, E.F oʼzining yashash uyidagi foydalanilmay turgan xonaning pol qismiga quruq xolatdagi, yashil rangli, oʼziga xos xidli, mayda bargli moddalarni 12 ta joyga alohida-alohida toʼplab, quritib, keyinchalik sotib oʼtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu 12 ta joyga toʼplangan moddalar va ushbu xonadagi 2 dona elektron torozi tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan. VIIB EKBning xulosasida, E.F.ning yashash uyi yertoʼlasidan xujjatlashtirib olingan oʼsimlik poyalari, yaʼni 1 dona 25 kg yozuvli oq rangli sintetik qop ichidagi oʼtkir hidli, yashil rangli oʼsimlik quritmalari, 1 dona 50 kg yozuvli oq rangli sintetik qop ichidagi oʼtkir hidli, yashil rangli oʼsimlik quritmalari, 1 dona oq rangli sintetik qop ichidagi oʼtkir hidli, yashil rangli oʼsimlik tarikibida faol tetragidrokannabinol mavjudligi, ushbu modda “MАRIXUАNА” giyohvandlik vositasi ekanligi, jami sof ogʼirligi 10867,2 grammga tengligi, foydalanilmay turgan xonaning pol qismidan olingan quruq xolatdagi, yashil rangli, oʼziga xos xidli, mayda bargli moddalar tarikibida giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud boʼlgan “KАNNАBIS” oʼsimligi barglari ekanligi, sof ogʼirligi 16582,8 grammga tengligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan E.F.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.