6 Oktyabr 2020 yil 596

Yaroqsiz hayvon goʼshti borligi aniqlandi

Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin boʼlinmasi safdor-xodimi safdor N.Shodmonov veterinariya boʼlinmasi xodimlari bilan hamkorlikda 2020 yil 05 oktyabrdan 06 oktyabrga oʼtar kechasi soat 01.00 larda "Kashkadaryo-Toshkent" yoʼnalishida harakatlanib kelayotgan Qarshi shahrida yashovchi N.Samadov boshqaruvidagi "Espero" rusumli avtomashina toʼxtatib, yuk xonasi koʼzdan kechirilganda, kelib chiqishi nomaʼlum boʼlgan, veterinariya hujjatlariga ega boʼlmagan, bir necha qora salafan paketlarga oʼralgan jami 200 kg hayvon goʼshtlari borligi aniklangan. Ushbu goʼsht mahsulotlari istemolga yaroqliligini tekshirish maksadida, Chirokchi tuman veterinariya laboratoriya ekspertizasiga topshirilib, ushbu goʼsht maxsulotlari laboratoriya tomondan isteʼmolga yaroksiz deb topilib, tegishli tartibda yoʼq qilindi. Xozirda ushbu xolat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech