14 Mart 2022 yil 466

“Yangi Oʼzbekiston Yangi Ichki ishlar organlari” shiori asosida “Maʼnaviyat va bilim – inson qadri himoyachisining yashirin quroli” gʼoyasi ostida seminar-trening boʼlib oʼtdi

Qarshi shahridagi “Oʼzbekneftgaz” kompaniyasi majlislar zalida “Yangi Oʼzbekiston Yangi Ichki ishlar organlari” shiori asosida “Maʼnaviyat va bilim – inson qadri himoyachisining yashirin quroli” gʼoyasi ostida seminar-trening boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti, Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Shermuhammad Muslimov ochdi.
Seminar-treningda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshqarma boshligʼi podpolkovnik Аvazbek Inomov yoshlar maʼnaviyati va bilimini oshirish borasida ichki ishlar vazirlishgi tizimida amalga oshirib kelinayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganini taʼkidladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi raisi oʼrinbosari Sherzod Olimov seminar-treningda ishtirokchilar orasidan tanlab olingan guruhlar bilan mantiqiy savol-javoblar oʼtkazdi. Unda yoshlarning, maʼnaviy maʼrifiy bilimi va dunyoqarashi tezkor savol-javoblar asosida sinovdan oʼtkazildi.
Qamrovi keng seminar-treningda ishtirokchilarga ezgulik, yaxshilik, insonni yangi gʼoyalar yaratishga undovchi motivatsion videoroliklar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi. Va videorolikda keltirilgan gʼoyaya va fikrlarga atroflicha sharhlar berildi. Tadbirda ishtirokchilari qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.
Trening yakunida faol ishtirok etgan, tezkor savollarga tezkor javoblar bergan shahar-tuman ichki ishlar organlari xodimlariga badiiy kitoblar sovgʼa qilindi.

Text to speech