YANGI OʼYINCHILАR KАSHF ETILDI
Qarshi shahridagi Аbdulla Oripov nomli ixtisoslashgan maktab-internati sport zalida Milliy gvardiya “Dinamo” JTSJ Qashqadaryo viloyati kengashining taqvimiy rejasiga binoan voha huquq - tartibot idoralari xodimlari oʼrtasida sportning stol tennis turi boʼyicha musobaqasi boʼlib oʼtdi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda xizmat qilayotgan xotin-qizlar ham ishtirok etdi.
Musobaqaga start berilgach, juft va yakka kurashlarda tennischilar bor mahorat va tajribalarini ishga solib gʼoliblik uchun kurashishdi. Keskin va murosasiz kechgan musobaqada Milliy gvardiya va DXX, viloyat IIB xodimlari boshqa jamoalarga nisbatan faol oʼyin namoyish etib, finalga chiqishdi.
Musobaqa natijalariga koʼra umum jamoa hisobida viloyat DXX birinchi, Milliy gvardiya xodimlari ikkinchi va viloyat IIB vakillari uchinchi oʼrinni band etishdi. Musobaqaning juftlik kurashlarida viloyat IIB Аxborot xizmati mutaxassisi safdor S.Qalandarov va 10-JIEK tezkor vakili katta leytenant B.Xabibov 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi. Xotin-qizlar orasida yakkalik bahslarida Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB XQMB inspektori mayor А.Begimova 2-oʼrinni egalladi.
Jamoalararo, juftlik va yakkalik bahslarida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan sportchilar “Dinamo” JTSJning diplomlari va qimmatbaho savgʼalari bilan taqdirlandi.